Abdulaziz Komilov AQSh elchisini qabul qildi
2018 yilning 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonning mamlakatiga tashrifi va AQSh nufuzli delegatsiyasining 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtiroki natijalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda Toshkent forumi yuqori baholandi va konsensus asosida qabul qilingan konferensiya Deklaratsiyasining konstruktiv xarakteri qayd etildi.
Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-AQSh aloqalari jadvali va kun tartibi ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
21:17 / 12.10.2024
Kamala Harris sog‘lom ekani haqidagi ma’lumotnomani e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
15:57 / 11.10.2024