Hakam «Siti»ning golini tortib oldi. Unga tashlangan Gvardiola chetlatildi
Chempionlar ligasining chorak finali javob uchrashuvida «Liverpul» «Manchester Siti»ni 2:1 hisobida yengdi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqdi.
Birinchi bo‘lim oxirida Mateu Laos boshchiligidagi hakamlar brigadasi «Siti»ning golini ofsayd sifatida qayd etib bekor qildi. Ammo bu vaziyat videosida ko‘rish mumkinki, Leroy Sanega to‘p raqib futbolchisi Jyeyms Milnerdan kelib tushgandi – qoidaga ko‘ra bu vaziyatda golni bekor qilmaslik kerak edi.
— Drafts_2.0 (@drafts_2) April 10, 2018
Bo‘lim oxirida futbolchilar tanaffusga yo‘l olishganida «shaharliklar» murabbiyi Xosep Gvardiola hissiyotlarini jilovlay olmadi va maydonga chopib chiqib, arbitrga u xato qilganini tushuntira ketdi. Natijada, Pep ikkinchi bo‘limda jamoasi turnirni tark etishini tribunadan g‘amgin qiyofada kuzatishiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etish kerakki, Gvardiola bu ispaniyalik hakamni yoqtirmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar bir yil muqaddam buzilgan, o‘shanda «Siti» «Monako»ga yutqazgandi.
«Men bir yil oldin bo‘lgan voqeani yaxshi eslayman. O‘shanda hisob 1:1 edi, toza penalti va Agueroga qo‘pollik qilgani uchun «Monako» futbolchisiga qizil kartochka berilishi kerak edi, arbitr esa hech narsa qilmagan. Natijada, o‘yinda hisob 2:1 bo‘lmagan, ko‘p o‘tmasdan gol o‘tkazgandik. Bunday lahzalar juda muhim».
Bir yil o‘tib yana shunday bo‘lmoqda.
«Men hakamga Sane toza golni hisobga olmaganini aytdim. U shuning uchungina meni chetlatdi. Agar o‘shanda hisob 2:0 ko‘rinishiga kelganida natija boshqacha bo‘lardi», dedi o‘yindan keyin Gvardiola.
Mavzuga oid
11:50 / 24.11.2024
«Siti» yana 4 ta gol o‘tkazdi, «Barsa» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:13 / 10.11.2024
«Siti» inqirozda, «Liverpul» oldinlab ketdi. Kun o‘yinlari
13:17 / 06.11.2024
YChLda sensatsiyalar kuni. «Real» va «Siti» yutqazdi
12:33 / 03.11.2024