Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar orasidagi razvedkachilar soni aytildi
Foto: Reuters
G‘arb davlatlaridan chiqarib yuborilgan rossiyalik 152 diplomat orasida Tashqi razvedka xizmatining uch nafar amaldagi xodimi bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot xizmatidan xabar berishdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Buyuk Britaniyaning provokatsion xatti-harakatlari tufayli Rossiyaning xorijdagi muassasalarida ish joyini tark etishga majbur bo‘lgan rossiyalik 152 diplomatik xodim orasida xizmatning uch nafar amaldagi vakili bo‘lgan. Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori S.Narishkin ular bilan bugun muloqot o‘tkazdi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Londondagi elchixonasi Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga tashqi siyosat idorasi rahbari Boris Jonson bilan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashish iltimosi bildirilgan nota yuborgandi.
Mavzuga oid
15:41
GUR Kapustin “o‘ldirilgani”ning inssenirovkasi videosini ko‘rsatdi
10:57
Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi
15:30 / 02.01.2026
Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazasi va NQZga hujum qildi
15:11 / 02.01.2026