Putinning inauguratsiyasi qachon bo‘lib o‘tishi aytildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev Davlat dumasida hukumat faoliyati to‘g‘risidagi hisobot bilan chiqish qilib aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni hukumat rasman iste'foga chiqadi.
«7 may kuni, inauguratsiyadan so‘ng, hukumat Konstitutsiyaga muvofiq o‘z vakolatlarini topshiradi», - deya aytib o‘tdi Medvedev.
Keyinchalik Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning inauguratsiyasi 7 may kuni bo‘lib o‘tishini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Vladimir Putin 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 76,69 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
10:10 / 12.10.2024
Berbok: Putin Ukraina masalasini Shols bilan muhokama qilishdan bosh tortdi
21:13 / 11.10.2024
NATOning yangi bosh kotibi ittifoqchilarni Putinning yadroviy tahdidlariga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi
16:10 / 11.10.2024
Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirdi
15:10 / 09.10.2024