Jahon | 13:25 / 11.04.2018
17218
1 daqiqa o‘qiladi

Rublning dollar va yevroga nisbatan kursi 2 yillik ko‘rsatkichni takrorladi

Foto: Gazeta.Ru

11 aprel kuni ertalab Moskva birjasida yevroning rublga nisbatan kursi 80 rublga yetdi. Bundan savdo maydonchasidagi ma'lumotlar darak bermoqda. So‘nggi bor Yevropa valyutasi bu darajadan 2016 yilning martida oshgandi.

Dollarning rublga nisbatan kursi savdolarda 2016 yilning dekabridan beri ilk marta 64 rubldan oshdi.

Rossiya Banki tomonidan chorshanba kuni o‘rnatilgan yevroning rublga nisbatan rasmiy qiymati 4,97 rublga o‘sib, 76,85 rublni tashkil etdi, dollar kursi 3,8 rublga o‘sib, 62,36 rublga teng bo‘ldi. Bundan Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rublning yevro va dollarga nisbatan kursi minimumni takrorlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid