Jamiyat | 18:39 / 11.04.2018
11050
2 daqiqa o‘qiladi

Tayloqda fuqarolarga noqonuniy yer sotgan fermer xo‘jaligi a'zosi hibsga olindi

Foto: Kerek.info

Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» va «v» bandlari bilan N.H. va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga IIB matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, N.H. 2013 yil fevral oyidan buyon Tayloq tumanida joylashgan, turmush o‘rtog‘i Yo.K. raislik qilayotgan fermer xo‘jaligida norasmiy ravishda ish boshqaruvchi tariqasida ishlab kelib, fermer xo‘jaligiga tuman hokimining qarori bilan 43 yil muddatga ijaraga berilgan jami 18,20 gektar yer maydonini bir necha nafar fuqarolarga noqonuniy ravishda sotib yuborgan.

Shunga ko‘ra, N.H. va boshqalar 2013 yil mart oyidan 2017 yil dekabr oyiga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida jami 56 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida fermer xo‘jaligi yer maydoni sotilmasligini bila turib, ularni aldab, Tayloq tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga tuman hokimligi tomonidan ijaraga ajratilgan yer maydonidan 6 sotixdan 30 sotixgacha bo‘lgan yer maydonlarini kelgusida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish sharti bilan 2.000.000 so‘mdan 60.000.000 so‘mgacha baholab, noqonuniy ravishda sotishib, ularga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining ehtiyojlariga ishlatishgan.

Holat yuzasidan N.H. ga JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid