Tramp Moskva bilan yomon munosabatlar sababini keltirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp uning jamoasining Rossiya vakillari bilan aloqalari borligining “vijdonsiz” tergov qilinishini Vashington va Moskva o‘rtasidagi yomon munosabatlar sababi deb atadi. Tramp bu haqda tvitterda yozdi.
“AQShning Rossiya bilan adovatining katta qismi demokratlar tarafdorlari va Obamaga ishlagan odamlar tomonidan boshqarilayotgan Rossiya bo‘yicha yolg‘on va vijdonsiz tergov sababli vujudga kelgan”, deb aytgan Tramp. U tergovga boshchilik qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerni bu jarayonning “eng nomaqbul ishtirokchisi” deb atadi. “Hech qanday fitna yo‘q, ular aqldan ozmoqdalar”, deb aytgan Tramp.
Avvalroq Tramp Rossiya bilan joriy munosabatlarni “tarixdagi eng yomoni” deb atagan va qurollanish poygasini to‘xtatishga chaqirgandi. Tramp, shuningdek, Rossiyani Suriya tomon otiladigan raketalarni urib tushirishga tayyor turishi kerakligidan ogohlantirgan.
2017 yil may oyidan Myuller ko‘plab masalalar, jumladan Moskvaning go‘yoki 2016 yilgi AQShdagi prezident saylovlariga aralashuvi tergovini olib bormoqda.
Mavzuga oid
13:07
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
15:57 / 11.10.2024