Jahon | 23:52 / 13.04.2018
15546
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Tramp va Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: F5 Haber

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya va AQSh yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qilganini ma'lum qildi.

“Suriyada yaqin orada tinchlikka erishish uchun qabul qilish mumkin bo‘lgan qadamlar borasida batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga Turkiya mintaqada qarama-qarshilikning xato ekanligini ta'kidlaydi. Anqara tinchlikni ta'minlash va gumanitar inqirozning keskinlashishi oldini olishga chaqirdi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Turkiya yetakchisi Suriyada nafaqat kimyoviy qurol qo‘llanishi, balki oddiy qurollar qo‘llanishiga ham e'tibor qaratishga chaqirgan.  

“Suriyadagi ixtilof qurbonlarining ko‘p qismi taqiqlangan qurol turlaridan halok bo‘lmagan. Kimyoviy hujumlar pastkash jinoyatdir. Biroq bochkali bombalar qo‘llanishini ham unutmaslik kerak, undan keksalar, ayollar va bolalar halok bo‘lmoqda. Shularni hisobga olib, Turkiya Rossiya va ayniqsa AQSh boshchiligidagi koalitsiyani Suriyadagi qurollanish masalasiga alohida ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid