Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida futbol maydonidagi portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Foto: AP Photo / Farah Abdi Warsameh
12 aprelda Somalining Barava shahrida mahalliy futbol jamoalarining uchrashuvi vaqtida futbol maydonida portlash sodir etildi. Oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi,8 kishi jarohat oldi. Bu haqda Garowe Online axborot agentligi ma'lum qildi.
“5 nafar muxlis halok bo‘ldi, 8 nafari jarohat oldi. Halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki bir necha jarohatlanganning ahvoli og‘ir deya baholangan”, deb ma'lum qildi shahar komissari Xersi Barre Djye.
Uning aytishicha, qo‘lbola portlovchi qurilma alohida ahamiyatdagi mehmonlarga mo‘ljallangan tribunada yashirilgan bo‘lgan. Futbolchilarga ziyon yetmagan.
Hozircha birorta guruh ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, biroq politsiyaning fikricha, ushbu hodisaga “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi aloqador bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
14:56 / 14.03.2025