O‘zbekiston | 14:29 / 13.04.2018
4445
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi oilaviy poliklinikada Rossiya bilan hamkorlikda yangi loyiha joriy etildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 16-oilaviy poliklinikada Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Personal IT kodlar teletibbiyot skrining tizimini va qishloq aholisini “Biosensoran” test tayoqchalari yordamida ekspress diagnostikadan o‘tkazish innovatsion tibbiy-ijtimoiy loyihasi” joriy etildi.

U qishloq aholisini skrining tekshiruvdan o‘tkazish natijasida yashirin kechadigan kasalliklarni erta aniqlab, tashxislash va ularga o‘z vaqtida tibbiy-ijtimoiy yordamni ko‘rsatishda qo‘l keladi.

Loyiha doirasida tegishli qurilmalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Qayd etish joizki, loyiha tashkilotchilari orasida “Sharq ayoli” Xalqaro ayollar jamoat fondi, “Rus gumanitar missiyasi” avtonom notijorat tashkiloti, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi bor.   

Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi

Eslatib o‘tamiz, ushbu oilaviy poliklinikaga “Rus gumanitar missiyasi” nodavlat tashkiloti tomonidan quyosh batareyasi ham o‘rnatilib, foydalanishga topshirilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid