Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning Suriyaga uchirilgan raketalari haqida yangi ma'lumot berildi
Foto: AP / Hassan Ammar
Birlashgan Qirollikning Kiprdagi Akrotiri harbiy-havo kuchlari bazasidan parvoz qilgan Britaniyaga tegishli to‘rtta Tornado qiruvchisi Suriya hududiga qanotli raketalarni mamlakat havo kengliklari tashqarisidan uchirgan. Bu haqda Suriya Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan manba xabar berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Amaliyotda to‘rtta Tornado qatnashdi, ular Kiprdan parvoz qilgan. Amaliyot AQSh va Fransiya bilan muvofiqlikda o‘tkazildi. Qiruvchilar raketalarni nishonlarga Suriya havo kengliklari chegarasidan tashqarida bo‘lgan holda uchirdi. Samolyotlar bazaga muvaffaqiyatli qaytib kelgan», - deya aytib o‘tdi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning ishtiroki qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov sifatida bo‘lgan. Qiruvchilardan har biri Storm Shadow qanotli raketasi bilan jihozlangan bo‘lib, uning harakat radiusi 300 milga teng. Bunday turdagi raketalar GPS koordinatalaridan foydalangan holda nishonga olish uchun dasturlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Suriyaga berilgan zarbalar muvaffaqiyatiga ishonishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:22
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026
Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududga kirdi
13:37 / 14.01.2026