Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyning ma'lum qilişiça, Suriyaga berilgan zarbalar muvaffaqiyatiga işonadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Aviazarbalarni töliq baholaş işlari davom etmoqda. Bizning işonçimiz komilki, ular muvaffaqiyatli bölgan», - deya aytib ötdi u matbuot anjumani davomida.

Meyning ta'kidlaşiça, zarbalar beriş haqidagi qaror Suriya hukumati kimyoviy qurolni qöllaganidan söng qabul qilindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Britaniya qöşinlariga Suriya hududiga aniq zarbalar beriş haqida buyruq bergani haqida ma'lum qilgandi. Bu kimyoviy qurolni yöqotiş maqsadida amalga oşirilgan.

«Gap fuqarolik uruşiga aralaşuv haqidagi ketayotgani yöq. Gap rejimni özgartiriş haqida ketayotgani yöq. Gap çeklangan va aniq zarbalar haqida bormoqda, u mintaqadagi keskinlikni oşirmaydi», - deyilgan bayonotda.