Jahon | 22:07 / 15.04.2018
7458
2 daqiqa o‘qiladi

Air China bort kuzatuvchisiga qilingan hujum tafsilotlari ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti

Air China samolyoti bort kuzatuvchisini garovga olgan yo‘lovchi ruhiy kasallikdan aziyat chekkan. Xenan provinsiyasi politsiyasi shu haqida xabar berdi. 

Mahalliy vaqt bilan soat 8:40 da Xunan provinsiyasining Chansha shahridan CA1350 reysini amalga oshirgan samolyot soat 11:00 da Pekin xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Biroq parvoz vaqtida yo‘lovchilardan biri bort kuzatuvchisiga tahdid qilib, uni garovga olgan. Samolyot ekipaji xavfsizlik nuqtai nazaridan favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan. 

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 9:58 da Xenan provinsiyasidagi Chjenchjou xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Gumondor Xunan provinsiyasining 41 yoshli fuqarosi bo‘lgan, deya ma'lum qilishdi huquq-tartibot xodimlari. 

"Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko‘ra, parvoz vaqtida gumondorning ruhiy kasalligi xuruj qilgan. U siyoh ruchka bilan tahdid qilib, bort kuzatuvchini garovga olgan, natijada samolyotni favqulodda qo‘ndirishga to‘g‘ri kelgan", - deyiladi politsiya bayonotida. 

Havo kemasi qo‘nganidan so‘ng mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da barcha yo‘lovchilar samolyot bortini muvaffaqiyatli tark etishgan. Soat 13:00 ga borib huquq-tartibot organlari xodimlari samolyot bortida qolgan gumonlanuvchini qo‘lga olishgan. U qandaydir talab qo‘yganmi yoki yo‘q - noma'lum. 

Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan, qo‘shimcha qilishdi politsiyada.

 

Mavzuga oid