Jahon | 19:43 / 15.04.2018
11470
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya qiroli Trampning elchixonani Al-Qudsga ko‘chirishga doir qarorini qoraladi

Foto: AFP 2018 / Saul Loeb

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol-Saud AQSh prezidenti Donald Trampning Isroildagi elchixonani Al-Qudsga ko‘chirishga doir qarorini tanqid qildi. U Arab davlatlari ligasi (ADL) sammitidagi nutqida shu haqida ma'lum qildi. 

ADL sammiti yakshanba kuni Suriyadagi eskalatsiya fonida Saudiya Arabistonining Dahran shahrida bo‘lib o‘tadi.

"Biz AQSh ma'muriyatining elchixonani Al-Qudsga ko‘chirishga doir qarorini yana bir bor rad etamiz", - dedi qirol. 

Saudiya qirolining so‘zlariga ko‘ra, Sharqiy Al-Quds Falastin poytaxti hisoblanadi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgani va Amerika elchixonasini o‘sha yerga ko‘chirishga qaror qilganidan so‘ng Falastin prezidenti Mahmud Abbos Al-Quds atrofidagi vaziyat o‘zgarmasa, Falastin Isroil bilan barcha kelishuvlardan, shu jumladan Oslodagi kelishuvlardan ham voz kechmoqchi ekanini ma'lum qilgan. Trampning Al-Quds bo‘yicha qarori dunyoning aksariyat mamlakatlari, eng avvalo Yaqin Sharq va Falastin tomonidan salbiy qabul qilindi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid