O‘zbekiston | 18:33 / 17.04.2018
6288
1 daqiqa o‘qiladi

1 iyundan turkompaniyalarga ofissiz ham ishlashga ruxsat beriladi

Foto: KUN.UZ

1 iyundan turistik kompaniyalarga jismoniy ofisga ega bo‘lmaslikka ruxsat beriladi. Bu prezidentning "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan nazarda tutilgan.

Hozir, Turistik faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, o‘zining yoki ijaraga olingan ofisining bo‘lishi majburiy talablar ro‘yxatiga kiradi.

Shuningdek, kompaniya litsenziya olishda ofisi borligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etishi kerak. 1 iyundan bu talab bekor qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid