Fan-texnika | 09:57 / 17.04.2018
33478
2 daqiqa o‘qiladi

5007 ot kuchiga ega giperkarning tezlashishi videosi namoyish qilindi

Dubayning Devel Motors kompaniyasi 16 silindrli, 5007 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan Devel Sixteen giperkarining tezlashishi videosini namoyish qildi. Rolikka berilgan izohda tezlashish vaqtida dvigatel quvvatining 20 foizigina qo‘llangani aytilgan.

12,3 litrli dvigatelni dragsterlar uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchi Steve Morris Engines kompaniyasi yaratgan. 4 ta turbinali dvigatel giperkarni 100 km/soat tezlikka 1,8 soniyada erishtira oladi. Mashinaning maksimal tezligi esa 515 km/soatdan ko‘proqni tashkil qiladi. Mashina 2 mln dollarga yaqin turadi. 

Devel Sixteen 5007 ot kuchiga ega dvigatelli variantdan tashqari, bir yoki ikkita V-simon 8 silindrli dvigatel bilan ham taklif qilinadi. Birinchi vaziyatda dvigatel quvvati 1500 ot kuchini, ikkinchi vaziyatda 3000 ot kuchini tashkil qiladi. Dvigatellar robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Devel Sixteen’ning bu variantlari mos ravishda 1,6 va 1,8 mln dollar turadi.

Devel Sixteen yaratilishiga Italiyaning Manifattura Automobili Torino kompaniyasi ham jalb qilingan.

Mavzuga oid