Dubayning Devel Motors kompaniyasi 16 silindrli, 5007 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan Devel Sixteen giperkarining tezlaşişi videosini namoyiş qildi. Rolikka berilgan izohda tezlaşiş vaqtida dvigatel quvvatining 20 foizigina qöllangani aytilgan.
12,3 litrli dvigatelni dragsterlar uçun dvigatellar işlab çiqaruvçi Steve Morris Engines kompaniyasi yaratgan. 4 ta turbinali dvigatel giperkarni 100 km/soat tezlikka 1,8 soniyada eriştira oladi. Maşinaning maksimal tezligi esa 515 km/soatdan köproqni taşkil qiladi. Maşina 2 mln dollarga yaqin turadi.
Devel Sixteen 5007 ot kuçiga ega dvigatelli variantdan taşqari, bir yoki ikkita V-simon 8 silindrli dvigatel bilan ham taklif qilinadi. Birinçi vaziyatda dvigatel quvvati 1500 ot kuçini, ikkinçi vaziyatda 3000 ot kuçini taşkil qiladi. Dvigatellar robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi. Devel Sixteen’ning bu variantlari mos ravişda 1,6 va 1,8 mln dollar turadi.
Devel Sixteen yaratilişiga Italiyaning Manifattura Automobili Torino kompaniyasi ham jalb qilingan.











