Jahon | 15:10 / 17.04.2018
5172
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya Rossiyani ommaviy kiberhujumlarda aybladi

Foto: iStockphoto/BeeBright

Avstraliyaning kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha vaziri Angus Teylor Rossiyani 2017 yilda mamlakat kompaniyalariga uyushtirilgan ommaviy kiberhujumlarda aybladi. Bu haqda The Herald Sun yozmoqda.
 
Ta'kidlanishicha, Rossiya kiberhujumlarining maqsadi Avstraliyaga qarashli taxminan 400ta kompaniya bo‘lgan, biroq ularga hech qanday zarar yetmagan.

«Rossiyaning bu urinishi – Avstraliya korxonalari va jismoniy shaxslari hakerlarning doimiy hujumlari obektlari ekanini eslatib qo‘yish. Hakerlar ham mustaqil, ham davlat ko‘magida harakat qilishi mumkin», - deya ma'lum qilgan Teylor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid