O‘zbekiston | 20:04 / 17.04.2018
39068
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Internet tezligi 8 - 10 baravargacha oshirilishi  kutilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda Internet tezligini 8 - 10 baravargacha oshirish rejalashtirilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev vazirlik saytiga joylashtirilgan intervyuda shu haqida ma'lum qildi. 

"Telekommunikatsiyalarning magistral tarmoqlarini kengaytirish joriy yildagi eng yirik vazifalarimizdan biridir va biz uni to‘liq hajmda amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Internet tezligini 8 - 10 baravargacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan fevral oyining boshidan bu yo‘nalishdagi ishlarni faollashtirdik. Turli mamlakatlardan mazkur yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi qator xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldik", - deydi Ahmadxo‘jayev.

Ahmadxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda Internet imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha 20 dan ziyod yuqori malakali xorijlik mutaxassis ish olib bormoqda. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsion texnologiyalar rivoji, shu jumladan respublika pochtasini rivojlantirish bo‘yicha yana 15 nafar chet ellik mutaxassis faoliyat olib bormoqda.


Mavzuga oid