Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kinoyig‘imlar bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatgan rejissyor nomi e'lon qilindi
Foto: Getty Images
Stiven Spilberg barcha davrlarning tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli kinematografisti maqomini mustahkamlab, filmlari jahon prokatida 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan ilk rejissyor sifatida e'tirof etildi. The Wrap nashri shu haqida xabar berdi.
Mazkur rekordni o‘rnatishda Spilbergning oxirgi "Birinchi o‘yinchi tayyorlansin" (Ready Player One, 2018) lentasi muhim rol o‘ynadi. Mart oyida katta ekranlarga chiqqan kartina butun dunyo prokatida 475 million dollardan ziyod yig‘ib ulgurdi. Ushbu ko‘rsatkichni inobatga olgan holda amerikalik rejissyorning barcha filmlaridan tushgan umumiy yig‘imlar 10,4 milliard dollarni tashkil qildi.
Rejissyorning tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli lentasi "Yura davri parki" (1993) hisoblanib, u 983,8 million dollar to‘plagan. Undan keyin "Indiana Jons va Billur suyaklar qirolligi" (2008) hamda "O‘zga sayyoralik" (1982) kartinalari keladi, bu filmlardan 786,6 million va 717 million dollar tushgan.
Manbada ta'kidlanishicha, Spilbergning yetakchiligiga uzoq vaqt hech nima soya sola olmaydi, zero u o‘zidan keyingi kasbdoshi Piter Jyeksonni 3 milliard dollardan ziyodga ortda qoldirmoqda. Jyeksonning mashhur "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit" trilogiyalari butun dunyo bo‘ylab 6,5 milliard dollar to‘plagan. Tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli rejissyorlar beshligidan shuningdek Maykl Bey (6,4 mlrd dollar), Jyeyms Kemeron (6,14 mlrd dollar) va Devid Yyeyts (5,38 mlrd dollar) o‘rin olishgan.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026