Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning zirhli limuzini sotuvga qo‘yildi
Vladimir Putin harakatlangan limuzin 8,5 mln rublga sotuvga qo‘yildi. Bu haqdagi e'lon «Auto.Ru» portalida joylashtirilgan.
Ayni damda 2003 yilda ishlab chiqarilgan zirhli Mercedes-Benz Pullman W220 S600 xususiy kolleksiyada saqlanadi. Avtomobil 88 kilometr yo‘l bosgan. 5,8 litrli motor quvvati 367 ot kuchiga teng. E'londa iddao etilishicha, mashinaga faqat bir kishi egalik qilgan.
«Maxsus holatlarga mo‘ljallangan avtomobil Kreml garajida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning boshqaruv yillarida foydalanilgan. U bu avtomobilda rasmiy va norasmiy uchrashuvlarga borgan», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:37
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36
Kreml OAVga Bonya murojaati mavzusini kengaytirmaslikni buyurdi
14:36 / 16.04.2026
«Xalq sizdan qo‘rqadi». Mashhur bloger Putinga murojaat qildi
22:28 / 14.04.2026