Jahon | 09:43 / 20.04.2018
8810
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShni yadroviy bitimdan voz kechish oqibatlaridan ogohlantirdi

Foto: The Guardian

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif agar AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqsa, Tehron Vashington uchun noxush bo‘ladigan bir qator choralar ko‘rishini aytdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi

Zarif AQSh kelishuvdan voz kechsa, Eron o‘z manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilishi va kelishuv doirasida hamda unga kirmaydigan choralarni qo‘llashi mumkinligini aytdi. 

“Eron AQSh kelishuvdan voz kechadigan bo‘lsa qo‘llaydigan choralarni belgilab oldi va xalqaro hamjamiyatning munosabati amerikaliklar uchun juda yoqimsiz bo‘ladi”, deb aytgan Zarif Nyu-Yorkka kelgach. U bu yerda BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etadi. 

AQSh kelishuvning o‘zgartirilishini talab qilmoqda. AQSh yevropalik hamkorlari kelishuvning kamchiliklarini to‘g‘rilash ustida ishlamasalar, undan chiqishini aytmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid