Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri lavozimga tasdiqlandi
Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Muhammadkali Abilgaziyevni respublika bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmoniga imzo chekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
«Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Abilgaziyev Muhammadkali Duyshekeyevichni Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Shu farmon bilan u avvalgi lavozimidan ozod etildi», deyilgan xabarda.
Prezident Abilgaziyev tomonidan taklif etilgan nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi a'zolari sifatida tasdiqlagan.
Juma kuni Qirg‘iziston parlamenti Abilgaziyevni mamlakat bosh vazirligi uchun ma'qulladi. Yangi bosh vazir taklifiga ko‘ra, hukumatning avvalgi a'zolarining ko‘pchiligi o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Kubatbek Boronov (Sobiq FVV vaziri) tasdiqlangan. «Respublika - Ata-Jurt» partiyasi deputati Oltinoy Omurbekova Cholpon Sultonbekova o‘rniga ijtimoiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga aylangan.
Shuningdek, Mudofaa vazirligiga respublika qurolli kuchlarining sobiq boshlig‘i Erlis Terdikbayev rahbar bo‘lgan. Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev o‘z joyini saqlab qolgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarligiga Kosmosbek Cholponbayev kelgan, Iqtisodiyot vazirligiga Oleg Pankratov qaytgan, IIV rahbarligini bir necha oy oldin tark etgan Kashkar Junushaliyev qayta egallagan. Nurbolot Mirzaxmedov FVVga rahbar bo‘lgan.
Abilgaziyev Sooronbay Jeenbekov bosh vazirligida uning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Jeenbekov prezident bo‘lgach, 2017 yil kuzida u prezident maslahatchisiga aylangan, keyinroq Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari bo‘lgandi. U mustaqillikka erishganiga 27 yil bo‘lgan respublikaning hisob bo‘yicha o‘ttizinchi bosh vaziri hisoblanadi. Undan avvalgi bosh vazir Sapar Isakov (Qirg‘iziston tarixidagi eng yosh bosh vazir) bu lavozimda 7 oydan ko‘proq vaqt bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025