Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tramp bilan uchrashishga tayyor – Lavrov
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyor. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Vazir ikki yetakchining uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqida gapirib, Oq uy tomonidan Trampning bu boradagi rejalari rasman tasdiqlanishiga izoh berdi.
«Prezident Putin bunday uchrashuvga tayyor», - deya ma'lum qilgan Lavrov.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, hozirgi paytda bunday uchrashuvga tayyorgarlik ketayotgani yo‘q.
«Biroq agarda bu ro‘y bersa, qandaydir o‘zgarish kuzatilsa, biz albatta sizga aytamiz. Biroq men shunga e'tibor qaratmoqchi edimki, Donald Tramp ushbu telefon muloqotidan so‘ng bir necha marta ham tvitlarida, ham bayonotlarida Rossiya bilan masalalarni hal qilish lozimligi, Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni xohlayotgani haqida ma'lum qildi. Bu yaxshi munosabatlarga ega bo‘lmaslikdan ko‘ra yaxshiroq. Biz ham barchasini eshitmoqdamiz», - deya qayd etib o‘tgan Rossiya TIV rahbari.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026