09:00 / 20.04.2018
12540

Toshkentda o‘z tog‘asini 50 ming dollarga «uxlatgan» ayol ushlandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 17 aprel kuni, IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Chilonzor tumani 10-dahada yashovchi, 1983 y.t. N.A. tog‘asi, 1963 y.t. O.N.ni aldab ishonchiga kirib, O.N. Rossiya Federatsiyasidan 2008 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jo‘natgan 130 ming AQSh dollarini olib, pullardan 80 ming AQSh dollariga uy va avtomashina sotib olib tog‘asiga berganligi, lekin pulning qolgan 50 ming AQSh dollarini qaytarib bermasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida N.A. ushlangan.

 

Mavzuga oid
Top