Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Barbara Bushni dafn etish marosimiga kelmaydi
Foto: The Hill
AQSh prezidenti Donald Tramp Barbara Bushni dafn etish marosimiga kelmaydi, deb xabar qilmoqda The Hill Oq uy matbuot xizmatiga asosan.
«Bush oilasiga bo‘lgan hurmati tufayli, qo‘shimcha xavfsizlik choralarini kiritish bilan bog‘liq noqulayliklardan qochish maqsadida, prezident Tramp tadbirda ishtirok etmaydi», - deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, Melanya Tramp dafn marosimiga kelishi haqida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti katta Jorj Bushning rafiqasi Barbara 18 aprel kuni 92 yoshida vafot etdi.
U Jorj Gerbert Uoker Bush bilan 73 yil birga hayot kechirdi, besh nafar o‘g‘li, 17 nabirasi va 7 evarasi bor.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020