Jamiyat | 16:08 / 21.04.2018
34090
1 daqiqa o‘qiladi

89 ming dollarni o‘margan toshkentlik haker ushlandi – IIV

Toshkent shahridagi «Fido Biznes» kompaniyasida ishlab kelgan 36 yoshli dasturchi bankdan pul o‘g‘irlash gumoni bilan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 20 aprel kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga gumonlanuvchi ustidan xabar kelib tushgan.

Unga ko‘ra gumonlanuvchi 2017 yil yanvar oyidan noyabr oyiga qadar «kompyuter tizimiga g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kirib, bank hisobraqamidan 89 400 dollar pulni konversion kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlagan».

Qo‘shimcha qilishlaricha, gumonlanuvchi ushlangan. Uning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabrlangan bank va shaxslar haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid