Sport | 18:39 / 21.04.2018
4653
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda yozgi Olimpiada o‘tkazilishi mumkin

Foto: Getty Images

Hindiston olimpiya assotsiatsiyasi rahbari Narinder Batraning ma'lum qilishicha, mamlakatda 2032 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun murojaat yuborish niyatida.

«Biz 2026 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari, 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari va 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga murojaat yuborish niyatidamiz. Biz murojaatlarimiz yutib chiqishi yoki chiqmasligini bilmaymiz, biroq yirik musobaqalarga aloqador bo‘lishni xohlaymiz», - deya Batraning so‘zlarini keltiradi Inside The Games.

Shu bilan birga, 2032 yilgi O‘yinlar aynan qaysi shaharda o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgani noma'lum.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Hindiston Olimpiadani qabul qilish niyatida ekanini eshitgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bundan hayratga tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat O‘yinlarni o‘tkazish uchun yuqori salohiyatiga ega, biroq Hindistonning musobaqalarni o‘tkazish istiqbollari haqida gapirishga hali erta, sababi Olimpiada-2032ga murojaatlar yuborish hozircha ochiq emas.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid