Rossiya Tojikistonga taklif bilan chiqdi
Rossiya Tojikistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi, deya xabar berdi Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov.
"Biz Tojikiston Respublikasiga ikki tomonlama kun tartibi fonida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida kuzatuvchi davlat maqomiga jiddiy e'tibor qaratishni taklif qildik", - deya aytib o‘tdi Shuvalov RF-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.
Uning ta'kidlashicha, bunday maqom ittifoqda a'zolikni anglatmaydi, hech qanday siyosiy jihatga ega emas, biroq tovar aylanmasi va iqtisodiy aloqalarning yaxshilanishiga xizmat qiladi.
"Fitosanitar nazorat, veterinariya nazorati, texnik tartibga solish, standartlar masalasi – bu tovarlarning erkin harakatlanishiga olib keluvchi barcha narsalar. Biz o‘zimiz bilan kun tartibini rivojlantirayotgan MDH davlatlari YeOII bo‘yicha sheriklar bilan nimalar qilayotganimizni tushunishidan manfaatdormiz", - deya aniqlik kiritgan Shuvalov.
"Biz Rossiyada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlar RFning Tojikistondagi urug‘lik fondi yordamida ishlab chiqarilishi hamda Rossiya va boshqa davlatlar bozoriga yetkazib berilishidan manfaatdormiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi
09:23 / 08.10.2024