Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Umid qilamiz». Britaniya KXDRning qaroriga izoh berdi
Foto: Reuters /Stefan Wermuth
Buyuk Britaniya KXDRning yadro va raketa sinovlarini to‘xtatishi vijdonan muzokaralarni olib borishga intilishdan darak berishiga umid qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakat TIV vakiliga asosan xabar qilmoqda.
«Kim Chen Inning barcha yadro sinovlari va raketalar uchirilishini to‘xtatish bo‘yicha uzoq muddatli majburiyati ijobiy qadamga aylanadi. Biz bu vijdonan muzokaralarni olib borishga bo‘lgan intilish ekaniga umid qilmoqdamiz. Biz xalqaro hamkorlarimiz bilan, vazifamiz – Koreya yarim orolini butunlay, tekshiriluvchi va ortga qaytarib bo‘lmas yadrosizlanishi bo‘yicha ish olib borishga sodiq qolamiz, hamda bu tinch vositalar bilan ta'minlanadi», - deya ma'lum qildi idora vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yadroviy dasturni to‘xtatish haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltirib, ularga tvitterdagi o‘z sahifasida izoh bergandi.
Mavzuga oid
10:17 / 13.02.2026
Buyuk Britaniyada “O‘zbek madaniyati elchisi” tayinlandi
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
15:29 / 10.02.2026
Britaniya “yashirin flot” tankerlarini kuzatish va qo‘lga olish rejasini tayyorlamoqda
12:06 / 10.02.2026