Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In so‘zlaridan iqtibos keltirdi
Foto: AP /Evan Vucc
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yadroviy dasturni to‘xtatish haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltirdi va ularga tvitterdagi o‘z sahifasida izoh berdi.
«Kim Chen Indan xabar: «Shimoliy Koreya yadro sinovlari va qit'alararo ballistik raketalar uchirilishini to‘xtatadi». Shuningdek, «yadro poligonini yo‘q qiladi... bu yadro sinovlarini to‘xtatish bo‘yicha berilgan va'da tasdiqlovi sifatida yuz beradi». Hamma uchun juda ijobiy o‘zgarish!» - deya yozgan Tramp Koreya Markaziy telegraf agentligi rasmiy xabaridan iqtibos keltirib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inning bayonotiga munosabat bildirgandi.
21 aprel kuni Kim Chen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatayotgani, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopayotgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026