Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» London derbisida yirik g‘alabaga erishdi
Foto: Premer liga
Angliya chempionatining 35-turida «Arsenal» «Vest Hem»ga qarshi London derbisida yirik g‘alabani nishonladi.
«Etihad» stadionida kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar himoyachisi Nacho Monreal hisobni ochdi, ko‘p o‘tmasdan Arnautovich javob golini urdi.
Barchasi o‘yin durang hisob bilan yakunlanishiga qarab ketayotganida, Arsen Venger shogirdlari bosimni oshirishdi va ketma-ket 3ta gol urishdi. Avvaliga Aaron Remsi jamoani oldinga olib chiqdi, Aleksandr Lyakazett dublni rasmiylashtirdi - 4:1.
Bu natijadan keyin 34 turda 59 ochko jamg‘argan «Arsenal» turnir jadvalidagi oltinchi o‘rinni mustahkamlagan, «Vest Hem» 35 ochko bilan 15-o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
35-tur
Arsenal – Vest Hem 4:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 51 Monreal, 1:1 – 64 Arnautovich, 2:1 – 82 Remzi, 3:1 – 85 Lyakazett, 4:1 – 89 Lyakazett.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Ivobi (Obameyang, 70), El-Nenni (Meytlend-Naylz, 45), Chaka, Remzi, Uelbek (Chembers, 88), Lyakazett.
Vest Hem – Hart, Kressuell, Masuaku (Kerroll, 86), Sabaleta, Ogbonna, Fernandesh (Lansini, 60), Kuyate, Joau Mariu (Ernandes, 60), Nobl, Arnautovich, Rays.
Ogohlantirishlar: Chaka (41), Sabaleta (50), Meytlend-Naylz (62), Mustafi (74), Arnautovich (87).
Mavzuga oid
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
11:38 / 31.12.2025
«Arsenal» ta’qibchisiga 4 ta gol urdi, «MYu» autsayderni yengolmadi
11:59 / 28.12.2025
APLda poyga qizimoqda. Kun o‘yinlari
11:04 / 21.12.2025