O‘zbekiston | 19:50 / 24.04.2018
24558
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti davlat tashrifini yakunladi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Qo‘shni davlat rahbari Toshkentga 23 aprel kuni keldi. U dastlab O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida 17ta hujjat imzolandi, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15ta hujjat qabul qilindi. 

Kun davomida prezidentlar Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdi, Toshkent shahridagi Maxtumquli ko‘chasiga, Yashnobod tumanidagi Ashxobod sayilgohiga tashrif buyurishdi.

Tashrif 24 aprel kuni davom etdi. Bugun prezidentlar Turkmaniston bilan chegaradosh Xorazm viloyatida bo‘lishdi. Bu yerda ular O‘zbek-turkman do‘stlik uyida bo‘lishdi, Xivadagi tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi, tashrif madaniy qism bilan yakunlandi.

Turkmaniston prezidenti shu tariqa tashrifni yakunlab, o‘z yurtiga jo‘nab ketdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid