Rossiya yangi bombardimonchi-raketa tashuvchini havoga ko‘tarmoqchi
Qozon aviatsiya zavodi avgust oyida Tu-22M3 samolyotining yangi modifikatsiyasi bo‘lgan Tu-22M3M tovushdan tez harakatlanuvchi bombardimonchi-raketa tashuvchini havoga ko‘tarish niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» korxona vakilining bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Biz Tu-22M3M’ni avgust oyida havoga ko‘tarish niyatidamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Tu-22M3 – uzoq masofalarga mo‘ljallangan ko‘p rejimli bombardimonchi-raketa tashuvchi bo‘lib, katta, o‘rta va kichik balandliklardan yer usti va dengizdagi obektlarni nishonga olishga mo‘ljallangan. 1989 yilda qurollanishga olingan. Uzoq aviatsiyadagi eng ommaviy bombardimonchi hisoblanadi, bunday modifikatsiyadagi jami 268 samolyot chiqarilgan. Tu-22M3 bombardimonchilari Suriyada aviazarbalar berishda ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024