Qozon aviatsiya zavodi avgust oyida Tu-22M3 samolyotining yangi modifikatsiyasi bölgan Tu-22M3M tovuşdan tez harakatlanuvçi bombardimonçi-raketa taşuvçini havoga kötariş niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» korxona vakilining bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Biz Tu-22M3M’ni avgust oyida havoga kötariş niyatidamiz», - deya aytib ötdi u.
Tu-22M3 – uzoq masofalarga möljallangan köp rejimli bombardimonçi-raketa taşuvçi bölib, katta, örta va kiçik balandliklardan yer usti va dengizdagi obektlarni nişonga olişga möljallangan. 1989 yilda qurollanişga olingan. Uzoq aviatsiyadagi eng ommaviy bombardimonçi hisoblanadi, bunday modifikatsiyadagi jami 268 samolyot çiqarilgan. Tu-22M3 bombardimonçilari Suriyada aviazarbalar berişda ham iştirok etgan.








