Zangiota tumani Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borgani xabar qilingandi. U yerda ikki tomonlama uchrashuvlar va dolzarb masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2018 yil 18 aprel kuni Zangiota tumani hokimi A.Tamikayev va “Leshan Qinle Agriculture Development co., Ltd (She Qiang)” kompaniyasi bilan biogaz texnologiyasi bo‘yicha 10 mln AQSh dollarlik investitsion memorandum imzolandi.
Bundan oldin, 2018 yil 15 aprel kuni Zangiota tuman hokimligi va Chandou provinsiyasi o‘rtasida tumandagi “Highway logistik center” MChJ logistika markazida Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy vakolatxonasi ochilishi va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik, Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Chando provinsiyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi.
Zangiota tumanini 2018-2019 yillarda Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari hisobiga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha jami 88ta qiymati 167,7 mln AQSh dollarlik investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan, shundan 100,5 mln AQSh dollarlik imtiyozli chet el investitsiya hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyihalarni amalga oshirish natijasida 1 639ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:04 / 27.08.2024
Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
07:50 / 23.07.2024
Zangiotada 13 yoshli o‘gay qiziga zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga jazo tayinlandi
10:15 / 14.05.2024