Jahon | 23:34 / 26.04.2018
12185
2 daqiqa o‘qiladi

Xakka guruch maydonlari jahon merosi obekti deya tan olindi

Foto: simplywallpapers.com

Xitoyning Tszyansi provinsiyasidagi Xakka guruch maydonlari jahon qishloq xo‘jalik merosi obekti deya tan olindi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning rasmiy bayonotida shu haqida ma'lum qilindi.

Guruch maydonlari Xitoyda guruch yetishtiriluvchi eng keng joylardan biri hisoblanadi. Muhofaza qilinuvchi tabiat maydoni 2,6 gektardan oshadi hamda shimoldan janubga - 59 kilometrga va g‘arbdan sharqqa 73 kilometrga cho‘zilgan. 

Xakka jahon merosi obekti maqomini olishi uchun mahalliy xalq uch yildan ortiq harakat qildi. 2014 yilda Ganchjou shahri ma'muriyati FAO'ga rasmiy ariza bergan, 2017 yilning sentabrida BMT vakillari qishloq xo‘jalik obektini jahon merosiga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun uch kunlik tekshiruv ishlarini yo‘lga qo‘yishdi. 

Tarixchilarning fikricha, Xakka guruch maydonlarining yaratilishi Sun sulolasi boshqaruv davriga (960-1279) borib taqaladi. Min sulolasi davrida (1368-1644) terassa tizimining kengayishi kuzatiladi va Tsin sulolasi davrida (1644-1911) tugallanadi. 

Xitoy FAO jahon merosi obektlari soni bo‘yicha dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallagan, qishloq xo‘jalik zonalarining 15 tasi nufuzli mavqega ega.

Mavzuga oid