Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin avtosaloni ochildi: unda qanday yangi mashinalar taqdim qilinadi?
25 aprelda Pekin xalqaro avtosaloni Auto China 2018 o‘z ishini boshladi. Bu avtosalonda o‘nlab mahalliy va xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yangi mashinalari va kontseptlarini taqdim qiladilar. Ko‘pchilik modellar Xitoy bozoriga mo‘ljallangan.
Misol uchun, Xitoyning Haval brendi avtosalonda ikkita yangi krossoveri – Haval H6 va Haval F5’ni taqdim qiladi.
Xitoyning yana bir markasi Dongfeng Motor Pekinda 7 o‘rindiqli DFM 580 va ixcham AX4 krossoverlari bilan ishtirok etmoqda. Chery esa 7 o‘rindiqli Tiggo 8 krossoverini, Concept Icon kontseptual elektr krossoverini taqdim qiladi.
BMW Pekinga iX3 elektr krossoveri kontseptini, Yaponiyaning Honda kompaniyasi esa o‘zining ilk elektrokari – Everus krossoverini olib keldi.
Ko‘rgazma ilk 4 kuni jurnalistlar va soha vakillari uchun ishlaydi, keng omma uchun 27 aprelda o‘z eshiklarini ochib, 4 maygacha davom etadi.
Pekin avtosaloni dunyodagi eng yirik avtosalonlardan biri bo‘lib, o‘z ishini 1990 yilda boshlagan va har ikki yilda o‘tkazib kelinadi.
Quyida joriy ko‘rgazmada taqdim qilinuvchi modellar keltirilgan:
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026