Jahon | 09:06 / 27.04.2018
5986
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi davlat kotibi tashrif buyuradigan ilk davlatlar ma'lum qilindi

Foto: Reuters

AQShning yangi davlat kotibi Mayk Pompeo 26-30 aprel kunlari AQSh diplomatiyasi rahbari sifatida birinchi tashriflarini Belgiya, Saudiya Arabistoni, Isroil va Iordaniyaga uyushtiradi.

“AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Bryussel, Er-Riyod, Al-Quds va Ammanga jo‘naydi. Davlat kotibi yangi lavozimidagi ilk rasmiy safari vaqtida muhim ittifoqdoshlar va hamkorlar bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda”, deb aytilgan davlat departamenti rasmiy vakili Xezer Nauert xabarida. 

Nauertning aytishicha, Pompeo Bryusselga 27 aprelda tashrif buyuradi va u yerda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashadi va NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu yig‘ilish davomida tomonlar NATO davlatlari rahbarlarining iyuldagi uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qilishadi.  

“So‘ngra Pompeo Yaqin Sharqqa tashrif buyurib, Saudiya Arabistoni, Isroil va Iordaniya yetakchilari bilan muhim hududiy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qilish uchun uchrashadi”, deb aytgan Nauert.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid