Jamiyat | 17:13 / 27.04.2018
9176
2 daqiqa o‘qiladi

YTH natijasida piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi ushlandi – IIV

Avtoulov boshqarish, aslida katta mas'uliyat, uni uddasidan chiqish esa mahorat talab qiladi. Ammo bunday ishga yuzaki qaragan, o‘zicha “menga hamma narsa mumkin” degan fikr egalari, qing‘ir ishni qilib, asl qiyofasi qo‘rqoq, insofsiz ekanligi barchaga ma'lum, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Farg‘ona shahrida 25 aprel soat 23.20larda noma'lum haydovchi, aniqlanmagan avtomashinani Baqay ko‘chasida haydab ketayotib piyoda, A.Yassaviy ko‘chasida yashagan, 1968 y.t. R.T.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Natijada R.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. 

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Ushbu jinoyatni Toshkent shahar Gulxaniy ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Q.D., ishonch qog‘ozisiz “Matiz” rusumidagi avtomashinasida sodir etganligi aniqlangan. 

«Bu holatni, ichki ishlar organlari xodimlariga aniqlashda befarq bo‘lmagan, yuksak odamgarchilik, fuqarolik pozitsiyasiga ega barcha millatimiz vakillariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mazkur holat yuzasidan O‘zR JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi IIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YTH natijasida piyodaning o‘limiga sabab bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilayotgani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid