Putin sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishining 30 yilligini nishonlash zarurligini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishining 30 yilligi munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tkazish zarur, deb hisoblamoqda.
“Afg‘onda xizmat qilganlar bo‘yicha qo‘shilaman: tadbirlar ham o‘tkazilishi, baholar ham berilishi kerak”, deb aytgan Putin qonun chiqaruvchilar kengashi bilan uchrashuvda. Putin “prezident ma'muriyati davlat dumasi deputatlari, Federatsiya kengashi a'zolari bilan bu haqda o‘ylab ko‘rishlari kerakligini” ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq davlat dumasining mudofaa qo‘mitasi rahbari, havo-desant qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni Vladimir Shamanov ma'lum qilganidek, faxriylar tashkilotlari Putin va parlamentning ikki palatasi spikerlariga sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishining 30 yilligi munosabati bilan bu urushga siyosiy yakun yasash iltimosi bilan murojaat qilishgan.
2019 yilda sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishiga 30 yil to‘ladi.
Mavzuga oid
21:13
NATOning yangi bosh kotibi iffitoqchilarni Putinning yadroviy tahdidlariga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi
16:50
O‘zbek kompaniyasi Afg‘onistonning energetika sektoriga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
16:10
Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirdi
08:10 / 10.10.2024