Özbekiston kompaniyasi kelgusi ön yil içida Afğonistonning energetika sektoriga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqçi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.
10 oktyabr kuni Afğoniston Kon va neft vazirligi özbek kompaniyasi (kompaniya nomi tilga olinmagan) bilan Afğoniston şimolida joylaşgan Jauzjon viloyatidagi Tuti-Maydan gaz konida gaz qidiruvini amalga oşiriş va qazib oliş böyiça şartnoma imzoladi. Bitim «Özbekneftgaz» AJ raisi Bahodirjon Siddiqov iştirokida rasmiylaştirilgan.
10 yilga möljallangan şartnomaga asosan, özbek investori birinçi yilida 100 mln dollar sarmoya kiritişi, kelişuv muddati davomida umumiy investitsiya miqdori qariyb 1 mlrd dollarga yetişi aytilyapti. Dastlabki ikki yilda Özbekiston kompaniyasi Tuti-Maydan konidan qazib olingan gaz hisobidan 100 MW elektr energiyasi işlab çiqarişni rejalaştirgan.
Afğoniston kon va neft vaziri Hidoyatulloh Badri loyihaning muhimligini ta’kidlab, Tuti-Maydandagi gaz zaxiralari taxminan 7 ming kvadrat kilometr maydonni egallaşini ma’lum qildi. Taşabbus mamlakatning energiya ehtiyojlarini sezilarli darajada qondirişi, milliy daromadni oşirişi va yangi iş örinlari yaratişi kutilyapti.
Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Afğonistonning iqtisodiy ahvolini yaxşilaş va işsizlik darajasini pasaytirişda bunday loyihalar muhimligini ta’kidladi.
«Biz millionlab afğonlarga iş örinlari yaratiş uçun Afğonistonning iqtisodiy salohiyatini oçmoqçimiz. Maqsadimiz mamlakatning iqtisodiy tiklanişini qöllab-quvvatlaş va aholisining hayot sifatini oşirişdir», - dedi Ergaşev.
Avvalroq, Özbekistonning neft va gaz sektorida xizmat körsatuvçi Eriell Group kompaniyasi Afğonistonning neft konlarini örganişga qiziqiş bildirayotgani xabar qilingandi.











