9 oktyabr kuni taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Afğonistonning Toşkentdagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul Ğaffor Teraviyni qabul qildi. 

Tomonlar Özbekiston va Afğoniston aloqalarini har tomonlama rivojlantiriş, işlatilmagan salohiyatni röyobga çiqariş, ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan yangi loyihalar işlab çiqiş zarurligini ta’kidladi.

Abdul Ğaffor Teraviy Özbekiston tomonidan körsatilayotgan doimiy yordam uçun Afğoniston nomidan minnatdorlik bildirdi.

«Mamlakatlarimiz örtasidagi muştarak tarix va farovonlik manfaatlari barça sohalardagi hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirişga turtki bölib xizmat qilmoqda. Bugungi uçraşuvimiz davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik», — deb yozdi Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida.

Afğoniston tomoni Abdul Ğaffor Teraviyning Özbekistondagi elçi etib tayinlanganini avgust oyi oxirida ma’lum qilgandi.