Sport | 09:40 / 27.04.2018
13375
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 5 nafar bokschi Osiyo chempionatida finalga chiqdi

Tailandda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida yarim final bahslari o‘tkazildi. Bu haqda KUN.UZ‘ga Boks federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yarim finalda vazni -52 kg bo‘lgan Samandar Xolmurodov hindistonlik Bavesh Kattimanni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov qozog‘istonlik Bibars Jyeksen ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

-81 kg vaznida Temur Merjanov eronlik Sajad Musavani, +91 kgdan og‘ir vazn toifasida Jamshidbek Mahmadaliyev hindistonlik Amanni, vazni -91 kg bo‘lgan Javohir Tog‘aymurodov esa Janubiy Koreya vakili Kim Yon Syongni nokdaun holatiga tushirib finalga yo‘l oldi. Endi ular bo‘lib o‘tadigan final janglarida ringga ko‘tarilishadi.

Shuningdek, o‘zebkistonlik bokschilardan Jahongir Rahmonov qozog‘istonlik Yermakxon Jakpekovga, Navo Tamazov esa mezbon bokschi Verapon Jongjoxoga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid