Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Butunjahon antidoping kodeksi talablariga köra, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning maqomini qayta tan oldi. Bu haqda «Sovetskiy sort» naşri xabar tarqatdi.

2017 yilning dekabrida WADA AIBAni agar antidoping kodeksi bilan muvofiq iş olib bormasa, boks sport turini olimpiada öyinlaridan çiqarib taşlaş bilan ogohlantirgandi.

«WADAning AIBAni butunjahon antidoping kodeksiga muvofiq işlayotganini tan olib, uning maqomini qaytariş bu katta natija. Ayniqsa bunga juda qisqa vaqtda erişilgani yanada e'tiborga molik. Bu AIBAning oldingi rahbariyatidan meros bölib qolgan muammolardan qutulib borayotgani va işonç bilan oldinga intilayotganidan dalolat beradi», — degan AIBA ijroçi direktori Tom Virjyets.

Oldinroq, Virjyets AIBA Olimpiada öyinlaridan çiqib ketiş xavfi ostida qolganini jiddiy qabul qilgani va bu borada tegişli işlar olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, yanvar oyidan buyon AIBAni asli özbekistonlik tadbirkor Ğofur Rahimov boşqarib kelmoqda.