Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi Fransiyada ötkazilgan A toifasiga kiruvçi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilişiça, musobaqada iştirok etgan özbekistonlik 8 nafar boksçining barçasi sovrinli örinlardan joy olişgan. Nufuzli xalqaro turnirda Italiya, Angliya, Hindiston kabi jami 24ta davlatdan 140 nafar boksçi iştirok etgan bölib, Markaziy Osiyodan yagona vakil sifatida aynan Özbekiston terma jamoasi Fransiyaga taşrif buyurgandi.
Özbekistonlik boksçilardan Abdulhay Şorahmatov (-56 kg), Şukur Rahimov (-60 kg), Aliyor Noraliyev (-64 kg), Fazliddin Meliboyev (-69 kg), Odiljon Aslonov (-75 kg), Sardor Yormuhammedov (-91 kg) barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, musobaqa oltin medallarini qölga kiritişgan.
Madiyor Saidrahimov (-81kg) kumuş, Uluğbek Mubinov (+91kg) esa bronza medal bilan kifoyalandi. Musobaqa ğoliblariga turnirning maxsus çempionlik kamarlari ham topşirildi. Umumjamoa hisobida Özbekiston terma jamoasi birinçi örinni egalladi.








