Jamiyat | 08:47 / 28.04.2018
13617
2 daqiqa o‘qiladi

217 mln so‘mga «uxlatgan» firibgar ushlandi – IIV

Buxoro shahrida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 26 aprel kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, xususiy korxona rahbari, A.E. 2017 yil mobaynida telekanal rahbari A.E.ni aldab ishonchiga kirib, yuqoridagi xususiy korxona to‘g‘risida telekanalida reklama roligini namoyish qildirib, namoyish uchun beriladigan 7 mln 200 ming so‘m pullarni A.E.ga bermaganligi aniqlangan.

Shuningdek, u M.A. va I.P.ga uy hamda binolarni qurib berishlikni va'da qilib, ular bilan soxta shartnomalar tuzib, o‘zining korxonasida M.A.dan 182 mln 540 ming so‘m va I.P.dan 35 mln so‘m pullarni olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi, shuningdek, A.E.ni xususiy korxonasida qurilish ishlarida ishlagan, yakka tadbirkor, N.Sh. boshchiligidagi ishchilarning jami 33 mln. so‘m, F.M.ning 3 mln. 700 ming so‘m, yakka tadbirkor, O‘.N.ni 800 ming so‘m va F.O.ning 700 ming so‘m ish haqlarini bermaganligi aniqlandi. 

A.E. ushlangan.

 

Mavzuga oid