Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roskomnadzorning Telegram bilan urushi abadiy davom etadi»
Rossiyadagi internet-ombudsmen Dmitriy Marinichevning ma'lum qilishicha, Roskomnadzor va Telegram messenjeri qarama qarshiligi abadiy davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Bu abadiy davom etishi mumkin, sababi Telegram – bu sayt emas, balki ilova. Uni IP-manzillarni bloklash orqali to‘sib qo‘yish imkonsiz, hamda urush abadiy davom etadi. Bu Telegram mijozlar qismi ochiq kod ekani, uni tahlil qilish va u qanday ishlayotganini tushunish hisobga olingan holda ham ro‘y beradi», - dedi Marinichev.
Uning shuningdek ta'kidlashicha, Telegram o‘z yangilanishlari tufayli bloklashni chetlab o‘tish imkoniyati ega, qonunga rioya qiluvchi servislar esa qora ro‘yxatga bundan keyin ham tushishda davom etadi.
«Qonunga rioya qiluvchi servislarning bu blokka tushib qolishi bilan bog‘liq barcha vaziyat huquqiy nigilizmdagi pozitsiyani mustahkamlash, VPN/proxy o‘rnatilishiga majbur qilmoqda», - dedi internet-ombudsmen.
Marinichevning qayd etishicha, qonunga zid kontent ishlab chiqaruvchilarni bloklash to‘g‘ri yondashuv bo‘lardi. Bunda ushbu kontentni olishda yordam beruvchi servis chetda turishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor «VKontakte», «Yandeks», Twitter va Facebook IP-manzillarini bloklab qo‘ygandi.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026