«VKontakte», «Yandeks», Twitter, Facebook va «Odnoklassniki» IP-manzillari Roskomnadzor tomonidan taqiqlangan saytlar reyestriga kiritildi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.

Xabar berilişiça, röyxatdan şuningdek Yahoo va Liveinternet IP-manzillari ham joy oldi. Idora saytida xabar berilişiça, «VKontakte»ga tegişli bölgan 87.240.129.133 manzili bloklangan. Şuningdek, röyxatda Google'ning 33ta IP-manzili va Microsoft (29), Amazon (14) manzillari, «Yandeks» hamda Facebook’ning beştadan manzili, Twitter’ning uçta va «Odnoklassniki»ning bitta manzili bor.

Usher2.Club yaratuvçisi va «Dremuçiy les» xosting-provayderi boş direktori Filipp Kulinning sözlariga köra, reyestrdan MSK-IX internet-trafik almaşiş nuqtasi ham joy oldi, u tarmoq uskunalari va kompyuterlar içki soatlari sinxronlaşişiga javob beradi.

«Agarda IP-manzillarning bloklanişi atayin bölsa, ikkinçi zarba böladi – bank aloqalari, yönaltirgiçlar, DNS tizimi», - dedi Kulin.

U bu Roskomnadzorning emas, balki jinoyatçilarning xatti-harakati bölişi mumkin ekanini ham istisno etmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Roskomnadzor YouTube va Gmail böyiça izoh bergandi.