O‘zbekiston | 15:20 / 29.04.2018
30414
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta boshida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 16-18, kunduzi 28-30 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 14-19, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 17-22, kunduzi 22-27 daraja iliq  bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 17-22, kunduzi 30-35 daraja iliq  bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15,  kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid